BRUTTIYLAR

BRUTTIYLAR — Janubiy Italiya (hozirgi Kalabriya) dagi qadimgi italiy oskumbr qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 3-asr boshlarida Rim tomonidan bo’ysundirilgan. 2-puni urushi (miloddan avvalgi 218-201) davrida Bruttiylar Karfagen sarkardasi gan’ibolning kuchli ittifoqchisi bo’lishgan.