BRYUSTER DEYVID

BRYUSTER DEYVID (1781.11.12, Jedboro, Angliya — 1868.10.2, Allerbi, Melroz) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1815). Yorug’likning doiraviy qutblanishi hodisasini ochgan (1815) va o’z nomi bilan ataladigan qonun {Bryuster qonuni) ni topgan. Kristallardagi xromatik qutblanishni bayon qilgan (1813— 14). Mayoqlar uchun linza yasagan, kaleydoskopni kashf qilgan (1817), stereoskopii takomillashtirgan. I. Nyutonning mukammal tarjimai holi haqidagi asar muallifi.