BUDEVSKAYA ADRIANA

BUDEVSKAYA ADRIANA (aslida Adriana Kincheva Gancheva) (1878.13.12, Dobrich—1955.9.12, Sofiya) — bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti (1953). Bolgar realistik aktyorlik san’ati asoschilaridan. Varnada “ozod teatr”ni tashkil etgan (1904). Mashhur rollari: Qaynona (“Qaynona”), Tsena (“Ilon to’yi”), Rada (“Zulm ostida”), Nora (“Nora”), Ofeliya (“Hamlet”) va boshqalar.