BUDJET DEFITSITI (TAQCHILLIGI)
BUDJET DEFITSITI (TAQCHILLIGI) – davlat budjeti xarajat qismining daromadlar qismidan ortiqcha miqdori. Masalan, davlat budjeti daromadlari 15 trln, xarajatlari esa 18 trln so’mni tashkil etdi. Bunda budjet defitsiti 3 trln (18-15) so’mga teng bo’ladi. Uning vujudga kelish sabablari: ishlab chiqarishning tanazzuli, “yashirin” kapital oboroti, raqobatdosh bo’lmagan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, ortiqcha pul emissiyasi. Budjet defitsitini qoplashning uchta yo’li bor. Bular: davlat zayomlari, yangi pullar emissiyasi, soliq solishni kuchaytirish.