BUDJET RESURSLARI
BUDJET RESURSLARI – davlat budjetiga uning daromadlari tarzida kelib tushadigan budjet resurslari. Ular mamlakat markazlashtirilgan moliya resurslarining katta qismini tashkil etadi. Budjet resurslari quyidagilarni pul bilan ta’minlash uchun ishlatiladi: xalq xo’jaligini rivojlantirish va uni struktura jihatdan qayta ko’rish, maxsus ehtiyojlar, mudofaa va boshqaruv organlarini saqlash xarajatlariga; korxonalar va tashkilotlar olgan foyda, aholining daromadlari, mahsulot tannarxiga qo’shiladigan maxsus ajratmalar, tashqaridan keladigan tushumlar. Budjet resurslarni shakllantirish turli usullar: soliqlarni olish, maqsadli ajratmalar, qarzlar va yordam olish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.