BUFER SISTEMALAR

BUFER SISTEMALAR, buffer eritmalar, bufer aralashmalar — vodorod (N) ionlarining ma’lum kontsentratsiyasini saqlab turuvchi sistemalar. Bufer eritmalar suyultirilganda yoki ularga bir oz kislota yoki ishqor qo’shilganda ham muayyan kislotali xossalari deyarli o’zgarmaydi. Bufer sistemalarga sirka kislotasi SN, soon bilan uning natriyli tuzi CH, COONA aralashmasi misol bo’la oladi. Eritmalardagi kislota miqdori vodorod ko’rsatkich RN bilan belgilanadi (neytral eritmalar uchun rN7, kislotali eritmalar uchun rn 7 dan kichik va ishqorli eritmalar uchun rn 7 dan katta). 1 l toza suvga 100 ml 0,01 molyarli NS1 (0,01 M) qo’shilganda rn ni 7 dan 2 ga tushiradi. Shu kislota eritmasini 1 l CH3COOH+CH, COONa bo’lgan Bufer sistemalarga (0,1 M) qo’shilganda esa rn bor yo’g’i, 4,70 dan 4,65 ga kamayadi, ya’ni rn 0,05 chamasi o’zgaradi, xolos. Toza suvdagi 100 ml 0,01 M NaOH eritmasi rn ni 7 dan 11 ga ko’tarsa, yuqorida aytilgan Bufer sistemalar nikini esa 4,7 dan 4,8 gacha ko’taradi, xolos. Bufer sistemalarning kislotaligi (o’z navbatida rn) komponentlar tabiati, kontsentrasiyasi va ba’zi bir Bufer sistemalar uchun temperaturaga ham bog’liqdir. Bufer sistemalar kimyo sanoatida analitik ishlarda keng qo’llaniladi. Odam va hayvonlar organizmidagi Bufer sistemalar quyidagilardan iborat: karbon kislota va uning tuzlari, fosfat kislota va uning tuzlari hamda oqsillar. Kishi qonidagi rn 7,35—7,47 ga teng bo’lib, oziq-ovqat hamda boshqa sharoit o’zgarganda ham deyarli doimiy qoladi. Tuproqdagi tabiiy Bufer sistemalar dalalar hosildorligini saqlashda muhim rol o’ynaydi.