BUG’ GENERATORI
BUG’ GENERATORI — bug’ qozoni yoki yadro reaktoridan olinadigan birlamchi issiqlik eltuvchi (suv, suyuq natriy va boshqalar) issiqligi hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori suv bug’i hosil qiladigan apparat yoki agregat. Organik yoqilg’ini yoqishda ajraladigan issiqlik hisobiga bug’ olinadigan Bug’ generatori bug’ qozoni, elektr energiyasidan foydalanib bug’ olinadigan Bug’ generatori elektr qozoni deb ataladi. Atom elektr stansiyalari paydo bo’lganidan so’ng Bug’ generatori atamasi atom reaktoridan keladigan issiklik eltuvchi qizdiradigan va turbinaga tushadigan ikkilamchi bug’ni olish uchun xizmat qiladigan bug’latkichlarni ifodalash uchun qo’llanilgan.