BUG’ G’ILOFI
BUG’ G’ILOFI — bug’ mashinasi tsilindrini o’rab turuvchi halqasimon kamera. Bug’ quvuridan chiqqan bug’shu g’ilofdan o’tkaziladi. Vazifasi — tsilindr devori temperatirasini ish bajaruvchi bug’ temperaturasiga yaqinlashtirish va uni bir me’yorda tutib turish. Bug’ g’ilofi to’yingan bug’ bilan ishlovchi mashinalarning ko’pida qo’llaniladi. Bug’ g’ilofi oziq-ovqat sanoati korxonalarida masalliqlarni pishirish uchun ham ishlatiladi. Masalan, yog’ zavodlarida yanchilgan mag’iz bug’ g’ilofli qozondan o’tayotgan bug’ ta’sirida pishiriladi.