BUG’ NASOSI
BUG’ NASOSI — bug’ kuchi bilan ishlaydigan qurilma; bevosita ta’sir etuvchi porshenli nasos; uning porsheni harakatlantiruvchi bug’ mashinasining porsheni bilan bir shtokka biriktiriladi. Odatda, bir tsilindrning zolotnigi boshqa tsilindrning shtoki bilan boshqariladigan, ya’ni qo’shaloq Bug’ nasosi ko’proq ishlatiladi.