BUG’ O’TKAZGICH

BUG’ O’TKAZGICH — bug’ uzatish qurilmasi. Odatda, yaxlit cho’zilgan po’lat quvurlardan yasaladi. Past (1,2 MPa gacha) bosimli Bug’ o’tkazgichlar flanes yordamida, o’rta va yuqori bosimlilari esa payvandlab biriktiriladi. Bug’ kondensatini olib ketish uchun Bug’ o’tkazgich bug’ yo’nalishi tomonga 2-3% qiyalantirib o’rnatiladi, suvayirg’ich va drenaj qurilmalar bilan jihozlanadi. Bug’ o’tkazgichning bug’ni berkitish va rostlash organlari sifatida ventillar va zulfinlar ishlatiladi; issiqlikdan (termik) kengayishni kompensatorlar bartaraf qiladi. Issiqlik behuda sarf bo’lmasligi uchun Bug’ o’tkazgich izolyatsiyalanadi.