BUGAYEV VIKTOR ANTONOVICH

BUGAYEV VIKTOR ANTONOVICH (1908.6.10, Smolensk—1974.2.4, Moskva) — meteorolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966), geografiya fanlari doktori (1960), professor (1962). Smolensk universitetining fizika matematika, fakultetini tugatgan (1930). Novosibirsk (193035), O’zbekiston ob-havo byurosi boshlig’i (193540), Toshkent geofizika rasadxonasida katta ilmiy xodim (1940-46), direktor (1946-52), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika va mexanika instituti direktori (1952-57). 3-antarktika ekspeditsiyasi aerometeorologiya guruhi boshlig’i (1958-59), sobiq Ittifoq Gidrometeorologiya markazi direktori (1966-73), 1973 yildan Moskva universiteti meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari ob-havoni qisqa va uzoq muddatga oldindan prognozlashning ehtimollik usullari masalalariga bag’ishlangan. Dinamik iqlimshunoslik to’g’risidagi ta’limotga asos solgan. Jahon ob-havo xizmatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri. AQSh meteorologiya jamiyatining faxriy a’zosi (1972). O’rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga Bugayev nomi berilgan (1975). As: texnika sinopticheskogo analiza i prognoza, L., 1947. Ad.: Ocherki razvitiya gidrometeorologii Sredney Azii, L., 1993.