BUG’O
BUG’O, Bag’uy (13-asr)— Ustyug shahri (Rus davlati) dagi mo’g’ullar yasoqchisi (soliq to’plovchi). Xristian diniga kirib Ioann ismini olgan. O’zining xayrli ishlari bilan xalqning izzat-hurmatini qozongan. Ustyug shahrida cherkov, monastir qurdirgan. Cherkov qo’lyozmalari Ioann (Bug’o)ni “hazrat” deb hisoblaydilar.