BUJG’UN

BUJG’UN — pista daraxtining mag’iz qilmay, bujmayib qolgan meva (pista)si. Bujg’un ipak bo’yog’iga xurush o’rnida (6 kilogramm ipak bo’yog’iga 1 kilogramm siyopar va 400 gramm Bujg’un) solinadi. Bujg’un ipakning rangini aynitmaydi. Ayrim o’simliklarning organlarida viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar, kanalar, hasharotlar ta’sirida vujudga keladigan patologik o’simtalar (gallalar, tsesidiyalar) ham Bujg’un deb ataladi. Dukkakli o’simliklarning ildizida tuganak bakteriyalari paydo qiladigan tuganaklar qishloq xo’jaligi uchun foydali.