BUKRAA
BUKRAA — Saxroi Kabirning shimol qismidagi kon, dunyodagi eng kata fosforit konlaridan. 1973 yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori bo’r davri gilkremniy ohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan (qalinligi 2-6 metr) tuzilgan. 50-90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qo’shimchalari (mollyuska, foraminifera, reptiliya, baliqlar) dan iborat. R2O5 miqdori 30-33%. Fosforitlarda har doim ko’p miqdorda (0,005—0,07%) uran, goho nodir yer elementlari (0,07—0,3% gacha) va pirit uchraydi. Fosforitning umumiy zaxirasi qariyb 10 milliard. tonnaga teng. Konning asosiy markazi — Buk.