BUKRILIK

BUKRILIK, bukirlik — umurtqa pog’onasining qiyshayib, do’ppayib chiqib qolishi. Bukrilikka bir yoki bir nechta umurtqalarning lat yeyishi, sil, raxit va boshqa kasalliklar tufayli shikastlanishi, shuningdek go’dakni juda erta o’tirishga o’rgatish sabab bo’ladi. Bukrilik odatda ko’krak qafasining qiyshayishi bilan kechadi. Umurtqa pog’onasining sili oqibatida kelib chiqqan Bukrilikda bemorni og’riq, isitma bezovta qiladi, ba’zan bukri bo’lgan joydan yiring oqib, bir necha yilgacha bitmaydi. Bukrilikning oldini olish uchun shikastlangan umurtqani o’z o’rniga tushirish, korset taqish, maxsus jihozlangan karavotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalarni barvaqt o’tqizmaslik, orqa muskullarini massaj qilib turish kerak. Davo Bukrilikka sabab bo’lgan asosiy kasallikni davolashdan iborat.