BUL (BOOLE) JORJ

BUL (BOOLE) JORJ (1815.2.11, Linkoln — 1864.8.12, Ballintempl, Korka yaqinida) — ingliz matematigi va mantiqchisi. Matematik mantiqqa asos solgan. Maxsus matematik ma’lumotga ega bo’lmay, 1849 yilda matematika professor bo’lgan. “Mantiqning matematik taxlili” (1847), “Mantiqiy hisoblash” (1848), “Tafakkur qonunlarini tekshirish” (1854) asarlari muallifi. Alohida sistemalar (bul algebralari) Bul nomi bilan atalgan.