BULAVAYO

BULAVAYO — Zimbabve Janubi g’arbidagi shahar. Matopo kryaji etagida. Shimoliy Matabelelend provintsiyasi ma’muriy markazi. Aholisi 621 ming kishi (1992). Muhim temir yo’l tuguni. Xalqaro aeroport bor. Savdo-sanoat markazi. Qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, oziq-ovqat, to’qimachilik korxonalari, shina ishlab chiqarish, mebel sanoati fabrikalari, texnika kolleji, Zimbabve milliy muzeyi bor. Bulavayo atrofida oltin, xrom, ko’mir, qo’rg’oshin, mis, nikel qazib chiqariladi. Shaharga 1893 yilda asos solingan.