BULGAKOV GEORGIY PAVLOVICH

BULGAKOV GEORGIY PAVLOVICH (1893, Tbilisi — 1943, Toshkent) — ixtiolog, Moskva universiteti fizika-matematika f-tining tibbiyot bo’limini tamomlagan (1917). O’rta Osiyo davlat unversitetining professori (1934), shu universitetda umurtqalilar kafedrasining mudiri (1937). Bulgakov O’rta Osiyo suv havzalari ixtiofaunasini tekshirgan, baliqlarning yangi turlarini o’rgangan. Bulgakovning ilmiy ishlari Kaspiy seldi va ko’llarda yashovchi baliqlarni o’rganishga bag’ishlangan.