Bulut

Bulut — suv bug`lariga to`yingan, havo soviganda ajralib chiqqan nihoyatda mayda suv tomchilari va muz kristallarining atmosferadagi to`plami.

Patsimon bulutlar oq tolalar yoki patlar shaklida bo`ladi. Havo harorati 0 darajadan past bo`lganda 10-12 km balandlikda paydo bo`ladi; mayda muz kristallaridan iborat.

To`p – to`p bulutlar oppoq paxta xirmonlariga o`xshaydi. 10 km gacha bo`lgan balandlikda uchraydi. Bunday bulutlar yoyilganda past tomoni qoramtir bo`ladi va yomg`irli to`p-to`p bulut deb ataladi. Qat-qat bulutlarpast bo`lib, havo ayniganda butun osmonni qoplab oladi va balandligi 2 km dan oshmaydi.