BUNDESTAG

BUNDESTAG (nemischa Bundestag) GFR parlamentidagi quyi palata — deputatlar palatasi, respublikaning oliy vakillik organi. 1949 yilda tuzilgan. Saylov tizimi bo’yicha 4 yil muddatga saylanadi. Saylovchilarning 5% idan kam ovozini olgan partiya bironta ham mandatga ega bo’lmaydi.