BUNDESTAG

BUNDESTAG (nem. Bundestag) — GFR parlamentidagi quyi palata – deputatlar palatasi, respublikaning oliy vakillik organi. 1949-yilda tuzilgan. Saylov tizimi bo‗yicha 4-yil muddatga saylanadi. Saylovchilarning 5% idan kam ovozini olgan partiya bironta ham mandatga ega bo’lmaydi. Mazkur palataga saylovlarda eng ko’p ovoz to’plagan siyosiy partiya yoki blok hukumatni shakllantiradi. Hozirgi vaqtda Sotsial-demokratik partiya, Ozod demokratik partiya, Xristian sotsialistik ittifoqi kabi siyosiy partiyalar Bundestagga saylovlarda asosiy kurash olibboruvchi partiyalar hisoblanadi.