BUNT

BUNT, uyum, g’aram — 1) paxta zavodi va punktlarida chigitli paxtani uzoq vaqt saklash uchun usti brezent bilan yopib qo’yiladigan paxta uyumi. Bunt 25×14 yoki 22×11 metr o’lchamdagi maxsus maydonlarda hosil qilinadi. Maydon yer sathidan yarim metr yoki uidan ham balandroq ko’tarilib shibbalangan, ustiga asfalt yoki tosh yotqizilgan, ba’zan somonli loy bilan qalin suvalgan bo’ladi. Har qaysi Buntda 300-600 tonna paxta saqlash mumkin. Buntning balandligi, asosan, 8-9,5 metr bo’lib, ustiga yopilgan brezent har joyhar joyidan arqon bilan pastga tortib qo’yiladi. Paxta qizib ketib, o’z-o’zidan alangalanmasligi uchun Bunt ichiga har 4-5 metr oraliqda shamollatish tuynuklari qilinadi; 2) qand lavlagi, sabzavotlar (zdlar yaqinida) vaqtincha saqlanadigan uzun uyum; 3) ochiq joyga taxlab qo’yilgan toy xashaklar uyumi; 4) teri va arqonlar bog’lami.