Burbaliq qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Burbaliq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblasti, Oltiariq rayonida. Burbaliq toponimining “bo’rilar shahri” degan etimologiyasi nomning tashqi o’xshashligi asosida vujudga kelgan. Aslida nomning birinchi qismi bur “yer ekilmaydigan, bo’z, portov yer” degan ma’noni beradi. Shunday ekan, Burbaliq “bo’zdagi, partovdagi qishloq” degan ma’noda.


