BURGAS
BURGAS — Bolgariyaning sharqidagi shahar, qora dengizning Burgas qo’ltig’i sohilida. Burgas viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 215 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Muhim transport yo’llari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. Burgas orqali chetga tamaki, ho’l meva, meva-sabzavot konservalari chiqariladi. Burgasda neft-kimyo, yog’ochni qayta ishlash kombinati, oziq-ovqat sanoati, elektr kabeli, transport mashinasozligi, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlash markazi. Kurort shahri. Kimyo-texnologiya instituti, teatrlar, suratlar galereyasi bor. Shaharga 3-asrda asos solingan.