BURG’ILASH MINORASI
BURG’ILASH MINORASI — burg’i qudug’i ustiga o’rnatiladigan ko’tarish inshooti. Burg’ilash asbobi, zaboy dvigatellari, quduq devorini mustahkamlash quvurlarini tushirish va ko’tarish uchun mo’ljallanadi. Ko’pincha metall konstruktsiyali bo’ladi. Burg’ilash minorasi, odatda, polistpast va tushirish ko’tarish operatsiyalarini mexanizatsiyalash vositalari hamda burg’ilash quvurlari joylashtiriladigan kasseta bilan jihozlanadi. Burg’ilash minorasining balandligi quduqning loyihada ko’rsatiladigan chuqurligiga qarab 9 metrdan 58 metrgacha bo’ladi. Burg’ilash minorasi 3-4 qirrali yoki kesik piramida ko’rinishida, shuningdek A Simon shaklda quriladi. Minora traktorlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga suriladi yoki alohida uzellarga ajratilib, yangi joyda qayta yig’iladi.