Burloqlar
Burloqlar (Ruscha burlaki-soldovchilar)-XVI-XIX asrlarda Rossiyada daryo kemalarini eshkak va arqon yordamida qo’lda tortib sudrovchi yollanma ishchilar. Asosan, noqoratuproq guberniyalardagi obrok to’lovchi dehqonlardan yollangan. Burloqlar mehnati mavsumiy xarakter kasb etgan: bahor va kuzda ishlashgan. Buyurtmani bajarish uchun Burloqlar artellarga birlashganlar. Paroxodlar paydo bo’lishi bilan, Burloqlar mehnatiga ehtiyoj qolmadi.