BURUNDUQLAR

BURUNDUQLAR, olasichqonlar (Tamias) — kemiruvchilar turkumining tatinsimonlar oilasi urug’i. Shimoliy yarim shardagi o’rmonlarda tarqalgan. Bir necha turi ma’lum. Rossiyaning Sharqiy qismidagi o’rmonlarda Osiyo Burunduqlari (T. sibiricus) uchraydi. Tanasining uzunligi 14 santimetr, dumi 9 santimetrga yaqin, orqa qismida beshta qora yo’li bo’ladi. Qishda uyquga ketadi, har yili bir marta (ba’zan 2 marta) 4-10 ta bola tug’adi. Nina barglilar urug’i, kengbargli daraxtlar bargi, kurtagi va mevasi bilan oziqlanadi, qishga 4 kilogrammgacha oziq (asosan kedr yong’og’i) to’playdi. Burunduqlar lunjida oziq olib yuradigan xaltasi bo’ladi. O’rmonchilik va qishloq xo’jaligiga qisman ziyon keltiradi. Osiyo Burunduqlar i kana entsefalitining ikkinchi darajali tarqatuvchisidir.