BURUNOV KARAJA
BURUNOV KARAJA (1898.2.8, Tajan viloyati — 1965.22.3, Ashxobod) — turkman yozuvchisi, dramaturg, tarjimon. Turkmanistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943). Zamonaviy turkman adabiyotining asoschilaridan biri. “Dakilma” (1927) pyesasida turkman xotin-qizlarining og’ir qismati ko’rsatiladi. “Paxta”, “Vintlar” va “Kaymir ko’r” (B. Omonov bilan hamkorlikda) dramalarida Turkman xalqi hayotidagi yorqin voqealar o’z ifodasini topgan. Ijtimoiy-maishiy mavzuda yaratilgan “Tiryakkash” (1927), fuqarolar urushi voqealarini bayon qiluvchi “Cho’ktirilgan 18 kishi” (1929) dostonlari bor. Uning librettosi asosida “Shohsanam va g’arib” (1943), “Kamina va qozi” (1944) va b. opera va baletlar sahnalashtirilgan. Burunduqxon jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari (Shekspir, Lope de Vega, Shiller, Moler, Gogol asarlari)ni Turkman tiliga tarjima qilgan.