BURYAT SOLNOMALARI
BURYAT SOLNOMALARI—Sharqiy buryatlarning tarixiy yodnomalari. Yilnomalar va qisqacha tarixiy ocherklarning oraliq shakli ko’rinishida bo’lgan. Buryatlar uchun tushunarli bo’lgan adabiy mo’g’ul tilida yozilgan. Selenga (I. Lombosirenov, 1868), xorin va aga (T. Toboyev, 1863, V. Yumsunov, 1875, Xobituyev, 1887), Barguzin (N. Saxarov, 1887) buryatlari solnomalari mashhur. Buryat solnomalari mualliflari tarixiy yodnoma, bitiklar, dasht dumalari arxivi hujjatlari, xalq rivoyatlari, afsonalaridan foydalanganlar. Yumsunov (qadimgi davrdan 19-asrgacha bo’lgan voqealar) va Toboyev (1860 yilgacha bo’lgan ma’lumot) solnomalari eng mukammal va sermazmun. Saxarov solnomasi 1740— 1886 yillarni o’z ichiga oladi. Buryat solnomalari yuqori feodal tabaqa vakillari tomonidan tuzilgani uchun shularning sinfiy mafkurasini ifodalaydi. Xalqning turmushiga oid faktlarni yilma yil, izchil bayon etilganligi katta qimmatga ega. Buryatlar Sibirda o’ziga xos bunday adabiy yodgorlikka ega bo’lgan yagona xalqdir.