BUTADIEN
BUTADIEN, divinil, SN2=SNSN=SN3 — organik birikma; qo’lansa hidli rangsiz gaz. Molekulyar modda 54,09. Suyuqlanish temperaturasi — 108,9°, qaynash temperaturasi 4,5°. Zichligi 621 kg/m3 (20°). Suv, spirtda yomon, kerosin va organic erituvchilarda yaxshi eriydi; havo bilan portlaydigan aralashma hosil qiladi. Qo’sh bog’lari borligidan vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar va boshqa elektrofil reagentlarni biriktirib oladi: SN2=SNSN=SN2+Vg2″Sn2vg SN=SN—Sn2vg. Butadien oson polimerlanib, qimmatli kauchuklar (butadien kauchuklar, butadiennitril kauchuklar, butadienstirol kauchuklar, vinilpiridin kauchuk) hosil qiladi. Neftni qayta ishlash gazlari bilan yo’lakay gazlardagi normal Butan va butilenlarni katalitik degidrogenlash yo’li bilan Butadien olish sanoatda eng samarali usuldir. Etil spirt bug’ini DegiDratlovchi DegiDrogenlovchi katalizator yuzasidan o’tkazish yo’li bilan ham Butadien olinadi. Butadien neft mahsulotlarini piroliz qilish gazlaridan etilen va boshqa olefinlar ishlab chiqarishda ham hosil bo’ladi. Butadien sintetik kauchuklar olishda asosiy monomerlardan biri sifatida, plastmassa sanoatida, xloropen, butilenglikol va boshqa organik moddalar sintez qilishda ishlatiladi.