BUTARA
BUTARA (lotincha butarium — bochka) — barabansimon g’alvir (bochka); sochma oltin konlarida qum va qo’rg’oshin tosh (kasseterit) ni yuvish uchun mo’ljallangan qadimgi yog’och asbob. Keyinchalik aylanadigan tsilindrik yoki konussimon baraban ko’rinishida tayyorlangan. Butara material solish voronkasi, qiya g’alvir, yuvish teganasi (shlyuz) dan iborat. 19-asr boshlarida keng tarqalgan. Qo’lda yoki charxpalak yordamida harakatlantirilgan. Ish unumdorligi dastaki Butarada 0,8 m3/soat (1-3 kishi ishlagan), ot bilan harakatlantiriladigan Butarada 4 m3/soat bo’lgan. Kichik oltin konlarida hozir ham ishlatiladi.