BUXGALTER

BUXGALTER – buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxassis. “Buxgalter” atamasi XIII asrda paydo bo’lgan. Bu lavozimni birinchi bo’lib Insburk schyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan. Bu borada imperator Maksimilianning 1498-yil 13-fevralda chiqargan buyrug’i Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Nafaqat Germaniya, balki Amir Temur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar – yozuvchilar (kotiblar) bo’lgan. “Saltanatning har bir idorasida, – deb yozadi Amir Temur XIII asrning oxirida bo’ladigan kirim chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin”. 1498-yildan boshlab “buxgalter”, “buxgalteriya” atamalari eski nomlarini asta-sekin siqib chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732-yildan qo’llana boshladi. 1732-yil 11-sentabrda Kommerts-Kollegiyaning buyrug‘i bilan Peterburg bojxonasida birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo’lgan xizmatchi hisoblanadi. Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo’lishi mumkin. Katta buxgalter – buxgalteriyaning bo’limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter buxgalteriyani boshqaradi. Hozirgi vaqtda buxgalterdan nafaqat buxgalteriya hisobi, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va boshqaruv tahlillari, shuningdek, boshqa sohalarni chuqur bilish hamda rahbariyat togri boshqaruvqarorlarini qabul qilishidafaol qatnashish talab qilinadi. O’zbekistonda hozirgi zamon talablariga to’liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda, buxgalterlar oliy o’quv yurtlarida, ko’plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda tayyorlanmoqda.