BUXGALTERIYA ARXIVI

BUXGALTERIYA ARXIVI – o’tgan hisobot davrlari bo’yicha hujjatlar va hisob registrlari yig’indisi. Buxgalteriya arxivi yo’riqnoma va buxgalteriya hisobi shakllariga binoan tashkil etiladi. Buxgalteriya hujjatlari va registrlar, mikrofilmlar yoki kompyuter hisobi moliyaviy ma’lumotlari uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddatda saqlanadi.