BUXGALTERIYA BALANSI
BUXGALTERIYA BALANSI – xo’jalik mablag’lari, ularning tarkibi, joylashgan joylari va ularning vujudga kelish manbalarini ma’lum bir sanaga pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo’lib, uning chap tomoni aktiv, o’ng tomoni passiv deb nomlanadi. Aktivda: 1-bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar. 2-bo’lim. Joriy aktivlar. Passivda: 1-bo’lim. O’z mablag’larining manbalari. 2-bo’lim. Majburiyatlar. Balansning aktiv tomonining jami uning passiv tomonining jamiga teng bo’lishi kerak.