BUXGALTERIYA HISOBI

BUXGALTERIYA HISOBI – ayrim subyektlarda sodir bo’layotgan xo’jalik mablag’lari va jarayonlarining harakatini ma’lum hujjatlar bilan asoslangan holda ro’yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimi. Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta funksiyani bajaradi: l) axborot berish; 2) nazorat qilish; 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bunda buxgalteriya hisobida har xil usullar, texnika va shakllardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab turli vazifalarni bajarishi mumkin. Hozirgi vaqtda talabalar “Buxgalteriya hisobi” kursini ikkiga bo’lib o’rganmoqda: moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi.