“BUXORO” MEHMONXONASI
“BUXORO” MEHMONXONASI — Buxoro shahridagi 4 yulduzli mehmonxona. 1987-96 yillar “Larsen end tumbo Limited” hind kompaniyasi (M. X. Vohidov loyihasi asosida) tomonidan qurilgan. “O’zbekturizm” milliy kompaniyasiga qarashli. Mehmonxona 12 qavatli bo’lib, 223 xonasi (jami 440 o’rinli) bor, shundan 2 o’rinli xona 204 ta, 2 xonalik lyuks xonalar 13 ta va 1 o’rinli xona 6 ta. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (Xoll), 2 ta banket zali, 300 o’rinli majlislar zali, oliy toifali restoran, Yevropa taomlari tayyorlanadigan 370 o’rinli, milliy taomlar tayyorlanadigan 380 o’rinli zallari, bar (kunduzgi va tungi), bufet, choyxona, tennis korti, favvora, magazin, 2 sauna, kinokontsert zali (300 o’rinli), basseyn (maydoni 252 metr kvadrat) mavjud. Binoni qurishda zamonaviy me’moriy elementlardan foydalanilgan. Bezaklarida marmar, granit, shisha, alyuminiy, metall va boshqalar qo’llanilgan. Buxoro shahrida “Buxoro” nomli 3 yulduzli mehmonxona ham bor (1974 yil ishga tushirilgan). Kamol Maxmudov.