Buxoro shahri haqida eshitganmisiz?
Buxoro shahri haqida eshitganmisiz? – O’zbekiston SSR, Buxoro oblastining markazi. Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Yozma manbalarda keltirilishicha Buxoro turli nomlar bilan mashhur bo’lgan: No’mijkat, Madinatus Sufriya, Madinatus Tujjor va boshqalar. Ayrim manbalarga ko’ra, shahar turk qabilasiga mansub Buxorxudot ismli kishi nomiga qo’yilgan. Buxoro forscha (kishi ismi) va roh “yo’l” so’zlarining qo’shilishidan tashkil topgan. Talaffuzni yengillatish maqsadida Buxoro deb atalgan degan izoh ham bor. Toponimning eng ko’p tarqalgan talqini sanskrit va so’g’d tili asosidadir. Buxoro sanskritcha vivara so’zi bilan aloqador bo’lib, “monastir, ibodatxona, haram” degan ma’noni beradi. So’g’dcha parxar demakdir. Ko’pchilik tadqiqotchilar shu keyingi izohni ma’qul topadilar.



