BUXORO VINO ZAVODI

BUXORO VINO ZAVODI, “Shohrud” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatining vino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. “O’zmevasabzavotuzumsan oatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941 yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994 yildan “Shohrud” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz (“Bayan shirey”, “Bihishti”, “Oq Jilvon”, “Qizil Jilvon”), kupli (“Shohrud”) va desert (“Jondor”, “Amiri”, “Kagor”) uzum vinolari, araq (“Shoxrud”), balzam (“shifobaxsh”) brendi, konyak (“Buxoro”) va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar o’rnatilgan.