“BUXOROYI SHARIF”
“BUXOROYI SHARIF”—jadidlar gazetasi Kogon shahrida 1912 yil 11 martdan 1913 yil 2 yanvargacha tojik tilida chiqqan. Gazeta dastlab haftasiga 6 marta, keyin 3 marta nashr etilgan. Jami 153 soni chiqqan. “Buxoroyi sharif” 1913 yil 12 yanvarda Rossiya bosh siyosiy boshqarmasi tomonidan taqiqlangan. Gazeta sahifalaridan Islomiy ahkomlar, ilmfan, tijorat hamda iktisodiyot yangiliklari, ma’rifatni targ’ib etuvchi maqolalar o’rin olgan. “Buxoroyi sharif”da mahalliy shoir va yozuvchilar asarlaridan parchalar, jahon adabiyoti namunalari e’lon qilingan. “Buxoroyi sharif”ga Ozarbayjon yozuvchisi va jurnalisti Mirzo Jalol muharrirlik, Mirzo G’affor bosh kotiblik qilgan.