BUXORXUDOT

BUXORXUDOT (Buxoro va forscha “Xudo” — Tangri, ega, hokim) — Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni. Buxorxudot atamasi dastlab “Buxorxudo” (“Buxoro hokimi”) shaklida bo’lgan. Buxoroga Islom kirib kelgach (8-asr), arablar uni Buxorxudot deb o’z tillariga moslab olganlar.