BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. To’satdan (o’tkir) yoki sekin-asta (surunkali) ro’y beradi. Ko’p qon yo’qotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga Moe kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b.; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yo’lining o’sma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi o’tkir Buyrak yetishmovchiligiga sabab bo’lishi mumkin. O’tkir Buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati, xususan azot, suvtuz va boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik kam ajraladi, og’ir hollarda butunlay ajralmay qoladi (anuriya, uremiya). Qonda siydikchil (mochevina) miqdori ko’payadi, organizmning siydikdan zaharlanishi kuzatiladi; teri osti, qorin va ko’krak qafasida suyuqlik to’planadi (suvdan semirish). Surunkali Buyrak yetishmovchiligi asosan buyrak va siydik yo’lining uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit, pielonefrit, sil, buyraktosh kasalligi va boshqalar) oqibati bo’lib, buyrak to’qimasining bujmayishi (nefroskleroz) yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz) bilan davom etadi. Tashnalik, og’iz qurishi, teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas a’zolari, yuraktomirlar va me’daichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi. Davosi: o’tkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi (“Sun’iy buyrak” apparati bilan qon tozalanadi, kislotaishqor, suvtuz almashinuvi rostlanadi); surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qo’llaniladi, gemodializ o’tkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak ko’chirib o’tkaziladi.