BUYUK ELCHILIK

BUYUK ELCHILIK — Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzysh, xorijiy mutaxassislarni ruslar xizmatiga taklif qilish va qurol yarog’ sotib olish maqsadida Rossiyaning G’arbiy Yevropaga qilgan elchiligi (1697-98). Rahbari — Pyotr I (Pyotr Mixaylov nomi ostida) bo’lgan. “Buyuk elchilar”: F. Ya. Lefort, F. A. Golovin, P. B. Voznisin. Mulozimlari 250 kishidan iborat bo’lgan. Boltiqbo’yiga ega bo’lish uchun kurashga zamin hozirlagan.