BUYUK KARL

BUYUK KARL (742.2.4814.28.1) franklar qiroli (768 yildan), imperator (800-yildan), Karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlari (773-774 yillarda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804-yillarda sakslar yeri va boshqalarga qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. Buyuk kanalning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va boshqalar) G’arbiy Yevropada yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida muhim bosqich bo’lgan. Buyuk kanalning imperiyasi uning vafotidan so’ng bir oz vaqt o’tgach, parchalanib ketgan.