Buyuk knyaz

Buyuk knyaz (Ruscha velikiy knyaz)-1) Qadimgi Rusda mustaqil davlat rahbari unvoni. Mo’g’ullar hukmronligi davrida ayrim Buyuk knyazlar faqat mo’g’ul xoniga, keyinroq Oltin O’rda xoniga bo’ysungan. XVIII asrdan shohning bevosita avlodlariga berilgan unvon. Litva knyazligida oliy hukmdor unvoni, dastlab merosiy bo’lgan, 1573 yildan saylab qo’yilgan.