BUZOQCHIRG

BUZOQCHIRG (Andropogon ischaemum) — bug’doydoshlar oilasiga mansub ildizpoyali ko’p yillik o’t. Asosan Afrika savannalari va shimoliy Amerika dashtlarida, O’rta Osiyoning adir va tog’ etaklarida keng tarqalgan. Tropik mamlakatlarda ham uchraydi. O’zbekistonda Kavkaz chayiri turi tarqalgan.