BUZUQ YER
BUZUQ YER — tog’ oldilarining ba’zi joylarida uchraydigan dehqonchilikda foydalanish uchun yaroqsiz o’rqir yer. Buzuq yer asosan suv o’tkazmaydigan gil jinslarni sel yuvib ketishidan paydo bo’ladi. Ba’zan yurib bo’lmaydigan tik yon bag’ir ham Buzuq yer deyiladi. O’zbekistonda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod tumanlarida, Samarqand viloyatidagi Oktog’ning Janub yon bag’rida, Turkmanistonda Kopetdog’ning g’arbiy yon bag’rida, AQShda qoyali tog’larning Sharqiy etagida uchraydi. Inglizcha bedlend deb ataladi.