BUZUQLIK

BUZUQLIK (mashinasozlikda) — texnik qurilmalarning loaqal bitta yoki qo’shimcha parametrlari belgilangan texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga mos kelmaydigan holati. Ishlamay qolishlik yoki shikastlanish natijasida qurilma Buzuqlik holatiga o’tadi. Asosiy parametrlardan kamida bittasi ruxsat etilgan chegaradan chiqqanda qurilmaning shikastlanishi natijasida u faqat qo’shimcha parametrlar bo’yicha texnik talablarga mos kelmaydigan bo’lsa, qurilma ishlash qobiliyatini yo’qotmasligi ham mumkin. Masalan, radiopriyomnikning asosiy parametrlari berilgan chegarada bo’lib, shkalani ko’rsatadigan lampochkasi kuysa, u ishlayveradi. Buzuqlik ta’mirlash (tuzatish) orqali bartaraf qilinadi. Bui (Buey, chjuntszya, o’zlarini yoy deb ataydilar) — Janubiy Xitoydagi xalq. Aholisi 2,7 milliondan ziyod kishi (90-yillar o’rtalari). Tay tilida gaplashadilar. Dindorlari — buddaviylar, xristianlar ham bor. Asosiy mashg’ulotlari dehqonchilik (sholikorlik).