BXILLAR
BXILLAR — Hindistonda yashovchi xalqlar guruhi. Madhya Pradesh, Gujarot, Rajastxon va Maxarashtra Shtatlari tog’li tumanlarining mahalliy aholisi. Umumiy soni 3,7 milliondan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Tili hinderon tillari guruhiga kiradi. Dindorlari asosan hinduizm diniga e’tiqod qiladi.