BXOPAL

BXOPAL — Hindistonning MadhyaPradesh shtatining ma’muriy markazi. Transport yo’llari tuguni. Aholisi 1,1 milliondan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Og’ir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. To’qimachilik, jumladan ip gazlama va qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama bo’yash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet bor.