BYORNS ROBERT

BYORNS ROBERT (1759.25.1, Yer shahri 1796.21.7, Damfris)—shotland shoiri. O’ziga xos she’riyat yaratgan, bunda mehnatni, xalqni, erkinlikni, beg’araz, fidoyi sevgi va do’stlikni ulug’lagan. “Shotlandlar uchun Bryus” vatanparvarlik madhiyasi, “Quvnoq gadolar” kantatasi, fuqarolik va sevgi tarannum etilgan lirik she’rlar to’plami (“Ozodlik daraxti”, “Jon arpa doni” va boshqalar) muallifi. Byorns o’z ijodi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan shotland nasriy va musiqiy folklor namunalarini to’plab nashr ettirgan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: qo’shiq va balladalar, T., 1971.